Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taʼlim masalalari muhokama etildi
20:37 / 2020-11-03

Viloyatda bugungi kunda 367 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 313 ta umumtaʼlim, 11 ta kasb-hunar maktabi, 6 ta kollej, 6 ta texnikum va 2 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud boʻlib, ularda jami 200 ming nafarga yaqin farzandlarimiz taʼlim-tarbiya olmoqda.


Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokama etildi.

Viloyatda bugungi kunda 367 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 313 ta umumtaʼlim, 11 ta kasb-hunar maktabi, 6 ta kollej, 6 ta texnikum va 2 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud boʻlib, ularda jami 200 ming nafarga yaqin farzandlarimiz taʼlim-tarbiya olmoqda.

Agar viloyat aholisi 857 ming nafarligini eʼtiborga olsak, har kuni voha aholisining 25 foizi, yaʼni chorak qismi taʼlim bilan bevosita bogʻchada, maktabda, kollej, texnikumda va institutda mashgʻul boʻladi.
photo_2020-11-03_20-32-07.jpg

Taʼlim-tarbiya tizimining amaldagi holatini zamon talablariga moslashtirish, yoshlarni yuksak bilim-maʼrifat egalari, jismoniy va maʼnaviy sogʻlom insonlar etib tarbiyalash, oʻqituvchi-pedagoglar nufuzini yuksaltirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit yaratish boʻyicha qatʼiy va izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.

Bugungacha farmon loyihasi yuzasidan pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikdan 300 dan ziyod taklif kelib tushgan boʻlib, viloyat Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birga har bir taklif atroflicha oʻrganildi.

Sessiyada Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi A.Abdurahmonov farmon loyihasi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar va ularning ahamiyati haqida deputatlarga maʼlumot berdi.

photo_2020-11-03_20-32-16.jpg

Jumladan, farmon loyihasi boʻyicha 13 ta taklif, yaʼni 1 ta yangi qonun loyihasi ustida ishlash va farmon loyihasidagi 12 ta bandga qoʻshimcha, oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar bildirildi.

– Farmon loyihasida maktabni boshqarishda xalqning oʻrnini belgilashdek katta oʻzgarishga qoʻl urilmoqda, yaʼni xalq vakillari bilan maktab birlashdi, – dedi viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev. – Farmonni oʻqish, oʻrganish davomida shunday xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda “III Renessans” yoki “Yangi uygʻonish davri” uchun tamal toshi qoʻyilmoqda. I, II Renessanslar vujudga kelish tarixini oʻrganganimizda, 3 ta muhim manbaa boʻlgan ekan, bu – birinchidan obodonchilik, ikkinchidan – ilm ahli va ziyoliga hurmat-eʼtibor, uchinchidan – xalqni kitob oʻqishga ragʻbatlantirish.

Bildirilgan takliflar umumlashtirilib, xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.