French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taʼlim krediti kimlarga beriladi?
16:20 / 2020-08-12

Talaba Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi shart.


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan maʼlum qilishicha, Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻqishi uchun ularning oʻziga, ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin. Talaba Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi shart.

Taʼlim kreditlari oliy taʼlim muassasalarida oʻqish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistratura bosqichi talabalariga 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.

Karantin tufayli taʼlim krediti ajratishni masofaviy xizmatlar orqali tijorat banklari mustaqil belgilamoqda.

Taʼlim kreditini olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) taʼlim krediti berish toʻgʻrisidagi ariza;

b) talaba va oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma. Ushbu shartnomada oʻqishning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

g) kreditni qaytarishning taʼminlanishi toʻgʻrisida hujjat;

d) imtiyozli taʼlim kreditlari olish huquqiga ega boʻlgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam taʼminlangan oila farzandlari tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Kredit qaytmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi mol-mulk yoki qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish, uchinchi shaxs kafilligi kabilarni bankka taqdim etishi lozim

Taʼlim kreditini olish tartibi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyulda qabul qilingan “Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisidagi nizom”da va tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan.