Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar
17:07 / 2016-03-18

Respublika dizayn kollejida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Respublika dizayn kollejida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Partiyaning “Innovatsion faoliyat – taraqqiyot garovi” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda partiya markaziy kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, “Yosh adolatchilar” qanoti a’zolari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagogik kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu tizim o‘qituvchilarining ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishida muhim omil bo‘lmoqda.

Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, innovatsion dastur va qo‘llanmalardan keng foydalanilayotgani uning sifatini yanada oshirmoqda, mazmunan boyitmoqda.

– Bugungi yoshlarga yangicha dars o‘tish, o‘quv mashg‘ulotlarini innovatsion loyihalar bilan boyitishni zamon talab etmoqda, – deydi Respublika dizayn kolleji direktorining o‘rinbosari Jahongir Nig‘matov. – Bugun har bir sohada bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirda axborot texnologiyalari orqali darslarni interaktiv tarzda olib borishning afzalliklari tahlil qilindi. Bu boradagi yangi o‘quv-metodik qo‘llanmalar haqida ma’lumot berildi.