Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taʼlim islohotlarini jadallashtirish — uni yuqori pogʻonaga koʻtarishga xizmat qilmoqda
11:39 / 2020-11-03

Bu maqsadga erishish uchun Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillar belgilanmoqda.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz kelajagi, xalqimizning farovon hayotini taʼminlaydigan milliy elita yoshlarni tarbiyalash boʻyicha davlat siyosati yuritilayotgani va taʼlimga konseptual yondashilayotgani yaqin yillarda iqtisodiyotimizning barcha sohalarini innovatsion fikrlaydigan mutaxassis-kadrlar bilan taʼminlash imkonini beradi.

Bu maqsadga erishish uchun Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillar belgilanmoqda. Bu omillar ichida taʼlim sohasida raqobat muhitini yaratishga olib keluvchi xususiy taʼlim muassasalari ochilishi, yoshlarning innovatsion bilim va fanni egallash uchun xorijiy universitetlarda tahsil olishi, ayniqsa, Prezident maktablarining tashkil qilinishi taʼlim islohotlarini jadallashtirish va uni yuqori pogʻonaga koʻtarishga xizmat qilmoqda.

Vatanimizning porloq kelajagi, ravnaqi va barqarorligi, dunyo mamlakatlari ichida oʻzining munosib oʻrniga ega boʻlishi soʻzsiz innovatsion bilimlarni egallagan, boshqacha aytganda, inson kapitali sohibi boʻlgan bugungi yoshlar qoʻlida.

Shu sababli yoshlar tarbiyasi yoʻlida kechiktirib boʻlmaydigan muhim qadamlar tashlanmoqda. Xususan, joriy yil 30-oktyabrda Prezidentimiz raisligida taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sohaga oid bir qator muhim vazifalar belgilab olindi. Bu esa yoshlarimizning ilm-fan bobida yana-da gʻayrat-shijoat koʻrsatishlariga katta turtki beradi. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.

Hozirda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevori yaratilmoqda. Bu poydevorning mustahkam boʻlishida ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilarning oʻrni beqiyosdir.

Yaqinda Prezidentimizning “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi. Farmon loyihasida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.Haqiqatan ham, taʼlim sifati har bir oʻqituvchining malakasi va oʻz kasbiga fidoyiligidan tashqari, jamiyatning taʼlimga munosabatiga ham bevosita bogʻliqdir.

Davlatimiz rahbarining taʼlim sohasida, xususan, yoshlar masalasi boʻyicha olib borayotgan siyosati tufayli Oʻzbekistonda taʼlim, fan va texnologiyalarning yangi pogʻonaga chiqishiga mustahkam zamin yaratilmoqda. 

Ana shu poydevor asosida taʼlim sifati va samaradorligi ijobiy tomonga keskin oʻzgaradi, innovatsion bilim va fanni shakllantiradigan ilmiy texnologik infratuzilmalar shakllantiriladi, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda minglab intellektual darajasi yuqori yosh kadrlar tayyorlanadi, ular yurtimizning jahon intellektual mulk bozoridagi mavqeini yuksaltiradi. Taʼlim islohotlaridan koʻzlanayotgan asosiy maqsad ham shudir. Shuning uchun ham maktab – bilim, tarbiya va maʼnaviyat maskanidir!

Nafisaxon ELCHIYEVA,
OʼzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi apparat rahbari, Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi deputati.