Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Swatch Xitoyda onlayn norozilikdan so‘ng uzr so‘radi
20:45 / 2025-08-19

Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi “Swatch” shirkati osiyolik erkakning biroz qisiq ko‘zlari burchagini yuqoriga va orqaga tortayotgani aks etgan reklama e’lon qilgach, ommaviy norozilikka uchradi va oxir-oqibat uzr so‘rab chiqdi.

“Swatch Essentials” to‘plami suratlari Xitoyda onlayn tarzda qoralandi va ko‘plab izohlar orqali osiyoliklarning ko‘ziga nisbatan irqchilikka shama’ qiluvchi taqlidga yo‘l qo‘yilgani da’vo qilindi.

Shanba kuni shirkat “Weibo”dagi rasmiy sahifasida xitoy va ingliz tillarida e’lon qilingan uzr maktubida “so‘nggi e’tirozlarga e’tibor qaratgani” va butun dunyo bo‘ylab tegishli kontentni o‘chirib tashlaganini bildirdi.

– Noqulaylikka olib kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchilik uchun chin dildan uzr so‘raymiz, – deyilgan bayonotda. – Kompaniya “Instagram” orqali ham xuddi shunday mazmunda uzr so‘radi.

“Swatch Group” shirkati “Reuters” agentligining qo‘shimcha izoh-so‘roviga darhol javob bermadi. Reklama bilan bog‘liq tanqid 2023 yil boshidan buyon aksiyasi narxi ikki barobardan ko‘proq tushgan kompaniya uchun, ayniqsa hozir, AQSHga eksport uchun 39 foiz boj belgilangan bir payt, jiddiy muvaffaqiyatsizlikdir. “Omega”, “Longines” va “Tissot” soatlari ishlab chiqaradigan bu jamoa asosan Xitoy bozoriga tayanadi: o‘tgan yil sotuvning taxminan 27 foizi Xitoy, Gonkong va Makaoga to‘g‘ri kelgan.

M.Pirmatova, O‘zA