Svetlana Osipova yarim finalga chiqdi
Olimpiya o‘yinlarining taekvondo WT bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida chorak final bellashuvlari o‘tkazildi.
Unda mamlakatimiz sharafini Svetlana Osipova munosib himoya qildi. U mazkur bosqichda Rebekka Makgouen (Buyuk Britaniya) bilan raqobatlashdi. Bahsda Svetlana kuchli raqibiga qarshi munosib jang qildi va zafar quchdi.
Taekvondochimiz yarim finalda Janubiy Koreya vakili Dabin Li bilan raqobatlashadi. Ushbu bellashuv soat 19:50 dan so‘ng boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA