Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Svetlana Osipova Olimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritdi
01:28 / 2024-08-11

Olimpiya o‘yinlarining taekvondo WT bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida hamyurtimiz Svetlana Osipova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Taekvondochimiz so‘nggi hal qiluvchi final jangida mezbonlar vakili Astea Lauringa qarshi dayanga chiqdi. Afsuski, ushbu bahsda Svetlanaga biroz omad yetishmadi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Svetlana Osipova mamlakatimiz taekvondo WT tarixida Olimpiya o‘yinlarida kumush medal qo‘lga kiritgan ilk ayol sportchi sifatida tarixga kirdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA