Svetlana Osipova Olimpiya o‘yinlari chempionligi uchun jang qiladi
Fransiyada o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining taekvondo WT bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida yarim final bellashuvlari o‘tkazildi.
Unda hamyurtimiz Svetlana Osipova Janubiy Koreya vakili Dabin Li bilan raqobatlashdi. Ushbu bellashuvda taekvondochimiz g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi S.Osipova so‘nggi hal qiluvchi final jangida fransiyalik Alteya Laurin bilan bellashadi.
Olimpiadaning oltin medali uchun o‘tadigan mazkur to‘qnashuv 11 avgust kuni mamlakatimiz vaqti bilan soat 00:37 da start oladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA