Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) tomonidan mart oyi uchun yangilangan jahon reytingi e’lon qilindi.
Quvonarlisi, reytingning ikki vazn toifasida yurtdoshlarimiz peshqadam sifatida qayd etilgan bo‘lsa, yana bir necha sportchimiz kuchli beshlik va yigirmatalikdan joy oldi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida vazni 74 kg. bo‘lgan Najmiddin Qosimhojiyev 199.40 ball jamg‘arib, birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida +73 kg. vaznda Svetlana Osipova 200.20 ball bilan peshqadamligini saqlab qoldi.
Quyida jahon reytingidan joy olgan boshqa taekvondochilarimiz nomi va o‘rni bilan tanishasiz:

Erkaklar:
54 kg: 4. Jahongir Xudoyberdiyev — 129.80
58 kg: 24. Omonjon Otajonov — 59.16
63 kg: 13. Nazarali Nazarov — 62.56
68 kg: 20. Diyopbek To‘xliboyev — 74.56
80 kg: 6. Jasurbek Jaysunov — 123.45
87 kg: 6. Shuhrat Salayev — 91.40,
+87 kg: 3. Marat Mavlonov — 144.26
Ayollar:
53 kg: 25. Laylo Zayniddinova — 43.18
57 kg: 9. Madina Mirabzalova — 97.07
62 kg: 26. Sevinch Hayotova — 35.82
67 kg: 7. Ozoda Sobirjonova — 139.56
+73 kg: 2. Iroda Mirtojiyeva — 22.32
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA