FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk davlat bolalar filarmoniyasiga qarashli “Ulыbka” raqs ansambli ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi.
Viloyat hokimligi hamda Madaniyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir do‘stlik, madaniy hamkorlik va san’at vositasidagi ijodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadiga qaratilgan. Dastur davomida “Ulыbka” ansambli tarbiyalanuvchilari milliy an’anaviy raqslar, zamonaviy xoreografiya namunasi hamda milliy obrazlar bilan boyitilgan sahna ko‘rinishlarini ijro etdi. Yosh ijodkorlarning yuksak mahorat bilan ijro etgan raqslari, jo‘shqin musiqa sadolari va sahnadagi rang-barang qiyofalar tomoshabinlarga cheksiz quvonch va iliq his-tuyg‘ular ulashdi.
Konsert davomida madaniy aloqalar, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
[gallery-26697]
Tadbir yakunida viloyat hokimligi hamda Madaniyat boshqarmasi mutasaddilari Sverdlovsk davlat bolalar filarmoniyasi direktori Lyudmila Skosыrskayaga minnatdorlik bildirdi. Unga Farg‘ona viloyatining milliy an’analarini ifodalovchi esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA