Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suzuvchilarimiz qit’a chempionatini 31 medal bilan yakunladi
19:22 / 2017-09-12

Poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining suzish bahslari yakunlandi.

Poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining suzish bahslari yakunlandi.

Mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Xurshidjon Tursunov 50 metrga erkin suzish bo‘yicha o‘tgan bahslarda barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Ushbu masofaga xotin-qizlar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda vakillarimiz Natalya Kritinina va Alyona Vasileva bronza medal bilan taqdirlandi. Erkaklar o‘rtasida mazkur masofaga estafeta musobaqasida terma jamoamiz birinchi o‘rinni egalladi.

200 metrga batterflyay usulda suzishda sportchimiz Artem Kozlyuk kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 100 metr masofaga chalqancha suzgan Odilbek Yusupov va Maftunabonu To‘xtasinova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

19 (1).jpg

Suzish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 13 oltin, 7 kumush va 11 bronza medali, jami 31 medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Osiyo chempionatining suv polosi bahslarining navbatdagi kunida O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasi bilan 7:7 hisobida durang o‘ynadi.

Ertaga O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xitoy vakillari bilan kuch sinashadi.