English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suzish: Yozgi Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston rekordini o‘rnatgan sportchi taqdirlandi
09:47 / 2025-09-10

Joriy yilning iyul oyida Germaniyada o‘tgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan mamlakat rekordchisi Eldorbek Usmonov O‘zbekiston suv sporti federatsiyasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Suzish bo‘yicha erishgan tarixiy yutuqlari inobatga olinib, E.Usmonovga qimmatbaho sovg‘alar va 20 million so‘m pul mukofoti sertifikati topshirildi.

Shuningdek, uning ustozi Oybek Ismoilovga chempionni tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun esdalik sovg‘alari va 10 million so‘m pul mukofoti sertifikati taqdim etildi.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari sport jamiyati raisi Bahodir Tojiyev, mamlakat suzish federatsiyasi bosh kotibi Ruslan Mustayev sportchilarga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor kelgusi yutuqlar yo‘lida ruhiy quvvat bo‘lishini e’tirof etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Universiada o‘yinlarida Eldorbek Usmonovning 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha qayd etgan 51.84 natijasi O‘zbekistonning yangi rekordi hisoblanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA