Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suzish va regbi federatsiyalarining faoliyati ko‘rib chiqildi
11:23 / 2021-10-22

Mamlakatimiz sportchilarining XIX yozgi Osiyo o‘yinlari va XXXIII yozgi olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirokini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

O‘zbekiston suzish va regbi federatsiyalari mutasaddi va mutaxassislari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur o‘yinlarga tayyorgarlikning olib borilishi, o‘tgan yillar mobaynida sport federatsiyalarida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi, deyiladi Turizm va sport vazirligi xabarida.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda federatsiyalarning o‘tgan 3 yillik faoliyati ko‘rib chiqildi. Har ikkala federatsiya vakillarining hisoboti tinglandi. Jumladan, hisobotga ko‘ra, Tokio-2020 o‘yinlari doirasida Suzish federatsiyasiga 25 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘lar ajratilgani va bu davrda 66 ta mahalliy va 26 ta horijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilgan bo‘lishiga qaramasdan olimpiya o‘yinlarida ko‘zlangan natijaga erishilmagani taassuf bilan ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov ishtirokida o‘tgan yig‘ilish yakunida O‘zbekiston terma jamoalari sportchilarini Xanchjou-2022 va Parij-2024 o‘yinlariga puxta tayyorlash va munosib ishtirok etishlarini ta’minlash yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan vazirliklar, qo‘mitalar va federatsiyalar oldidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

 

T. Ro‘ziyev,

O‘zA