Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida qisqa havzada (25 metr) suzish bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 17 dekabr kuni mazkur chempionatda vakillarimiz o‘z ishtirokini boshlaydi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlaridan mahoratli suzuvchilar qatnashayotgan musobaqada yurtimizning 2 nafar sportchisi qatnashmoqda. Hamyurtimiz Aleksey Tarasenko 50 va 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida, Eldorbek Usmonov 50 va 100 metrga batterflyay usulda suzishda ishtirok etadi.
Shuningdek, 18 dekabr kuni Aleksey Tarasenko 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha, 19 dekabrda esa Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulda suzish bahsida hamda 20 dekabr kuni Aleksey Tarasenko 100 metrga erkin usulda suzish musobaqalarida O‘zbekiston bayrog‘i ostida Abu-Dabi bellashuvlarida qatnashadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA