Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suzish bo‘yicha X Osiyo chempionati yakunlandi
14:45 / 2022-09-24

Samarqand eshkak eshish kanalida o‘tkazilgan ochiq havzada suzish bo‘yicha X Osiyo chempionati yakunlandi.

Qit’amizning 14 davlatidan 45 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqa erkak va ayollar o‘rtasida 5 va 10 kilometr masofada o‘tkazildi. 

Avval xabar berganimizdek, 5 kilometr masofaga o‘tkazilgan erkak va ayollar bahsida g‘oliblik yaponiyalik sportchilarga nasib etgan edi.

Chempionatning 10 kilometr masofaga o‘tkazilgan musobaqasida erkaklar o‘rtasida Yaponiya vakili Taishin Minamide g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni xitoylik sportchi Cheng Chi Cho qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni yana bir yaponiyalik sportchi Taiki Nonako egalladi.  

Ayollar bahsida esa Xitoy Taypey vakilasi Yu-Ven Teng birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni gongonglik Sz Yin Nip, uchinchi o‘rinni qozog‘istonlik Mariya Fedatova egalladi. 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlandi. 


G‘.Hasanov,  
A.Isroilov (surat), O‘zA