Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Suv sporti saroyi”da suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan I Markaziy Osiyo ochiq chempionatida bugun so‘nggi bahslar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Suv sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoasi a’zolari batterflyay, erkin, chalqancha, kompleks yo‘nalishlarida g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.
[gallery-23497]
Eslatib o‘tamiz, kecha 100 va 50 metrga chalqancha va 100 hamda 200 metrga erkin usulda suzish yo‘nalishining turli yosh toifalarida hamyurtlarimizdan Muhammadsodiq Maqsudov, Fotima Musurmonqulova kumush, Abdulbosit Suyarqulov, Maftuna Madrimova, Parizod Abdukarimova, Osiyo Rejapova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, kun davomida uchta yosh toifasida brass, batterflyay, kompleks yo‘nalishi bo‘yicha bir qator g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
Almurod Mamadaminov (surat),
O‘zA