Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suzish bo‘yicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionati yakunlandi
21:18 / 2025-05-22

Toshkent shahridagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Suv sporti saroyi"da suzish bo‘yicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 noyabrdagi "Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda 2025 yil 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Chempionat O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda mamlakatimiz Suv sporti federatsiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

[gallery-23522]

Musobaqada "A", "B" va "C" yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari vakillari brass, batterflyay, erkin, chalqancha va kompleks suzish turlarida jami 158 ta medal jamlanmasi uchun bahslashdi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston terma jamoasi 74 ta oltin, 32 ta kumush va 11 ta bronza, jami 117 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 1 jamoasi 22 ta oltin, 42 ta kumush va 24 ta bronza bilan (jami 88 medal) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qirg‘iziston suzuvchilari 4 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medal bilan kuchli uchlikni yakunladi. Shuningdek, O‘zbekiston 2 jamoasi 2 ta oltin, 14 ta kumush va 32 ta bronza, jami 48 ta medal bilan to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

Shu tariqa, yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, Almurod Mamadaminov (surat), O‘zA