Suzish: AQSH ochiq chempionatida O‘zbekiston nomi ulug‘landi
AQSHning Texas shtati, Ostin shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan AQSH ochiq chempionatida terma jamoamiz a’zosi vatanimiz nomini ulug‘ladi.
To‘rt kun davom etadigan mazkur nufuzli musobaqaning ilk kunida erkaklar va ayollar o‘rtasida 1500 m masofaga erkin usulda suzish dasturlarida bahslar bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi 23 yoshli Ilya Sibirsev startga chiqdi. U marraga 15:05.51 soniyada yetib kelib, o‘tkazilgan AQSH ochiq chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ochiq chempionat bahslari 6 dekabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA