Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suzib yuruvchi quyosh-aeratsiya tizimi ishga tushirildi
17:15 / 2020-09-21

Rossiyada noyob suzib yuruvchi quyosh-aeratsiya tizimi ishga tushirildi.


Rossiyada noyob suzib yuruvchi quyosh-aeratsiya tizimi ishga tushirildi. 

Quyosh energiyasida ishlaydigan mazkur tizim Dogʻistondagi Oq-Gel koʻlini kislorodga toʻyintirish orqali ekotizimni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashadi.

“Sof energiya”ning yozishicha, aeratsiya – kimyoviy jaryonlar orqali suvni turli nomaqbul unsurlardan tozalab turish uslubidir. Aeratsiya suvdagi kislorodning foizlar miqdorini oshirish imkonini berib, bu koʻldagi mavjud organizmlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Masalan, baliqlarning nafas olishini yengillashtiradi.

Aeratorlar suzib yuruvchi orolda joylashgan va 7 kVt quvvatga ega mustaqil fotoelektr stansiyasi yordamida xarakatlanadi. “Aqlli texnologiya” esa tizimni telefon orqali boshqarish imkonini beradi. Suzib yuruvchi orolda energiya yigʻish moslamasi, onlayn-videokuzatuv tizimi, Wi-Fi va yoritish tizimi oʻrnatilgan.

Yangi tizim oʻziyurar va quyosh nuri orqali ishlaydigan elektr dvigatel bilan boshqariladi.