Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suyuq tuz oʻzimizda ishlab chiqarilmoqda
19:15 / 2020-06-21

Navoiy viloyati Konimex tumanida qayta ishlanayotgan tuz mahsulotlariga talab tobora ortmoqda.

Navoiy viloyati Konimex tumanida qayta ishlanayotgan tuz mahsulotlariga talab tobora ortmoqda.

Tumandagi “Shojon tuz group” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻz faoliyatini boshlaganiga hal koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Qariyb 1 million AQSH dollari qiymatidagi xorijiy investitsiya jalb qilish orqali tashkil etilgan zavodda tumanning Sarjal, Teriquduq, Yangiqazgʻan, Yaqquduq ovullari hamda Uchquduq tumanidagi tuz konlaridan keltiradigan xom ashyo qayta ishlanadi. Xitoy hamda Germaniya texnologiyasi asosida jihozlangan ishlab chiqarish tarmogʻida 78 nafar mahalliy aholi ishlaydi. Eng muhimi oylik maoshlar ham joyida – 3,5 – 4 million soʻm atrofida.

photo_2020-06-21_19-10-52.jpg

– Tumanning Zafarobod shaharchasida yashayman, – deydi Kamola Roʻziyeva. – Ancha vaqtdan beri ishsiz yurganim sababli tuman 4-sektor rahbariga ish soʻrab murojaat qildim. Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining amaliy koʻmagi bilan shu zavodga ishga joylashdim.

Bu yerda biz ishchilarga barcha sharoitlar yaratilgan. Hamma joy toza-ozoda. Zavod sahro oʻrtasida joylashgan boʻlsa ham, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu yerda ishlab, oilam daromadiga hissa qoʻshayotganimdan mamnunman.

photo_2020-06-21_19-11-06.jpg

Bugungi pandemiya davrida tadbirkorlar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari va bank kreditlari boʻyicha yengilliklar korxona faoliyatini yana-da rivojlantirishga muhim omil boʻlmoqda. Bugungi kunda bu yerda 1 smenada 20 tonna tuz qayta ishlanib, qadoqlanmoqda.

– Korxonamizda 4 turdagi tuz mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, – deydi tadbirkor Farhod Sirojev. – Hozirda, Vengriya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlariga eksportni amalga oshirayapmiz. Mahsulotimizga talab tobora ortmoqda. Jumladan, qoʻshni Afgʻonistondan bildirilgan talabni inobatga olib hozirda oʻzaro eksport shartnomalarini imzolash boʻyicha amaliy ishlarni olib borayapmiz.

photo_2020-06-21_19-11-03.jpg

Endilikda yaratilgan imtiyozlardan samarali foydalanib ishlab chiqarishni yana-da kengaytirish, xususan, bir smenada 40 tonna tuzni qayta ishlash va qadoqlash pirovardida yana 30 ta yangi ish oʻrni yaratish, Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun sifatli mahsulot yetkazib berishni rejalashtirmoqdamiz.

Korxonada tayyorlanayotgan suyuq tuz Oʻzbekistondagi dastlabki loyiha hisoblanadi. Sababi ushbu mahsulot yengil sanoat xususan, mato va ip-kalavani boʻyashda muhim sanalib, bugungi kunga qadar asosan xorijdan import qilingan. Endilikda mamlakatimizda yuqori talabga ega bu mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilmoqda.