Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Suyunchi” pulini bir zumda bank kartangizga qabul qiling
18:32 / 2022-07-19

Ma’lumki, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan “suyunchi” puli bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini tashkil etadi. Nafaqa olinishi uchun ma’lumotnoma nafaqani to‘lovchi organga 6 oy ichida topshirilishi kerak.

Avvallari fuqarolar farzandli bo‘lganda “suyunchi” pulini bankka borib, navbatda turib olishar edi. Endilikda ushbu xizmat Xalq banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida avtomatlashtirildi.  

Shunga ko‘ra, bundan keyin FHDYO bo‘limlarida bola tug‘ilganlik hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtida suyunchi puli ota yoki onaning bank kartasiga onlayn tarzda o‘tkazib beriladi.

Reklama huquqi asosida

O‘zA