Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suyunchi puli uchun endi ota-ona uch-to‘rt tashkilotga bormaydi
17:23 / 2021-06-23

Mehnat kodeksining 287-moddasida suyunchi puli miqdori va uni to‘lash tartibi belgilangan.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan suyunchi puli bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hajmida beriladi. Bu hozir 446 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Ayni paytda suyunchi puli ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Ishlayotgan yoki o‘qiydigan ayollarga esa ish yoki o‘qish joyidan ular mijoz bo‘lgan bank vositasida beriladi.

Bu jarayonlar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilyapti.

– Hozir suyunchi puli ota-onaning ish joyidan berilyapti, – deydi Xalq banki chakana xizmatlar departamenti direktori o‘rinbosari Toshtemir Fayzullayev. – Ota-onalar farzand tug‘ilganidan keyin tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani FHDYO ga olib boryapti, FHDYO uni tegishli tartibda bazaga kirityapti. Undan so‘ng Xalq bankiga uchrashyapti. Bank esa ijtimoiy ta’minot bo‘limiga so‘rovnoma yuboradi. So‘rovnoma javobi kelganidan keyin naqd pul berilyapti. Guvohi bo‘lganingizdek, ota-ona suyunchi puli olish uchun 3 ta tashkilotga boryapti. Ustiga-ustak nafaqalarni berish oyning to‘rtinchi sanasidan yigirma yettinchi sanasigacha amalga oshiriladi. Bular uchun qancha vaqt va kuch sarflanadi. Endi esa 1 avgustdan boshlab suyunchi puli faqat Xalq banki tomonidan FHDYOning o‘zida ota-onaning plastik kartochkasiga avtomatik tarzda tushirib beriladi. Ota-ona ovora bo‘lib uch-to‘rt tashkilotga bormaydi.

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA