Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suyultirilgan gaz yetkazishda muammo bo‘lmaydi
15:12 / 2025-04-14

Hozirgi kunda Toshkent viloyati bo‘yicha suyultirilgan gaz iste’molchilari 39 ming 200 nafarni tashkil qiladi. Ularni bir maromda ta’minlash, mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lidagi harakatlar izchil davom etmoqda.

– Joriy yil boshidan hozirgacha suyultirilgan gaz bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarga 1 million 582 ming 260 tonna suyultirilgan gaz hajmlari yetkazib berildi. Bu jarayonda Bo‘ka, Quyi Chirchiq va Bo‘stonliq gaz to‘ldirish shoxobchalari orqali maishiy gaz ballonlarga suyultirilgan gaz hajmlari to‘ldirilib, maxsus avtotransport vositalari orqali manzillarga yetkazilyapti. Xususan, mahallalarda aholi bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlarda mutaxassislar tomonidan suyultirilgan gaz va maishiy gaz ballonlarini gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish ta’qiqlangani tushuntirilmoqda, – deydi Hududgaz Toshkent GTF Mahalla iste’molchilarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Saydullayev. 

Joylarda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish bo‘yicha “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan iste’molchilarga 460 dona ID-karta yetkazib berish ishlari yakuniga yetkazildi. Shu bilan birga, foydalanishda bo‘lgan jami 1 ming 503 dona maishiy gaz ballonlarga maxsus kodli yorliqlar biriktirish ishlari yakuniy bosqichda. 

 

Shuningdek, “E-Gaz” dasturi ishlab chiqilib, unda barcha iste’molchilar va maishiy gaz ballonlarning ro‘yxati shakllantirildi. Shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning avtomatlashtirilgan tizim yuzasidan bilim-malakalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etildi. 

A.Musayev, O‘zA