Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suyultirilgan gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi
09:46 / 2023-04-11

“Ko‘kayaz” ovul fuqarolar yig‘ini Navoiy viloyati Uchquduq tumanining olis hududlaridan biridir. U tuman markazidan qariyb 220 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ochig‘i, yozning jaziramasi-yu qishning izg‘irinida bu manzilga yetib borishning o‘zi bo‘lmaydi. Buni “Uchquduqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari yaxshi biladi. Shunday bo‘lsa-da, gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ovuldagi bor-yo‘g‘i 14 nafar iste’molchilarga belgilangan reja-grafik asosida suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlarni yetkazib bermoqda.

– Ovulimiz boshqa hududlarga nisbatan uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, maishiy gaz ballonlar vaqtida yetkazilmoqda, – deydi Mayrambek Ko‘shikbayev. – Hozircha bu borada muammolar bo‘lgani yo‘q. Chekka ovul bo‘lsak ham doim qozonimiz qaynab turibdi. Sovuq kunlarda ham maishiy gaz ballonga muhtoj kunlarimiz bo‘lmadi. Buning uchun gaz ta’minoti bo‘limi xodimlariga rahmat. bugungi kunda Uchquduq tumanida 9 ming 710 ta aholi iste’molchilari suyultirilgan gazdan foydalanib kelmoqda. Ularning 2 ming 947 tasi maishiy gaz ballonlaridan va 6 ming 763 tasi gazgolder qurilmalari orqali gaz quvurlari yordamida suyultirilgan gazdan foydalanuvchilardir.  

Tumanning “Uzunquduq” ovul fuqarolar yig‘inida esa 128 ta suyultirilgan gaz iste’molchisi mavjud. Mazkur hududga ham gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazilmoqda.  

– Ovulimizda 557 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi ovul fuqarolar yig‘ini raisi Hojidavlat Janayev. – Maishiy hayotimizda juda kerak bo‘ladigan suyultirilgan gaz har 35-40 kunda yetkazilib turibdi. To‘lovlarning onlayn amalga oshirilishi aholi uchun qulay. Ovuldagilarning ko‘ngli xotirjam, maishiy gaz ballon kechikyapti, degan xavotir yo‘q. Gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari maishiy gaz ballondan foydalanish qoidalarini tushuntiradi, xavfsizlikka rioya etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi.  

Joriy yilning birinchi choragida tuman aholisi uchun maishiy gaz ballonlar orqali 102,3 tonna, gazgolder qurilmasi orqali esa 464,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.  

 

A.Bo‘riyev, O‘zA