Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suyultirilgan gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi
12:06 / 2022-04-30

Namangan viloyatida iste’molchilarning aksariyati suyuq gazdan foydalanadi.

Ayni shu boisdan ham “zangori olov” kirib bormagan xonadonlarni ikkilamchi yonilg‘i bilan ta’minlash ustuvor yo‘nalishdir. Xususan, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali ham har bir iste’molchini o‘z vaqtida suyultirilgan gaz bilan ta’minlash yo‘lida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. O‘tgan 2021 yilda viloyatdagi 414 ming 811 ta iste’molchiga suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo‘lib, joriy yilda bu ko‘rsatkich 421 ming 896 taga oshdi.

 Bu esa suyultirilgan gaz iste’molchilari o‘tgan yilga nisbatan 2022 yilda yilda 7 ming 85 taga ko‘payganidan dalolatdir. Shu yilning 1 aprel holatiga mavjud gaz ballonlari jami 475 ming 105 donani tashkil etib, shundan 356 ming 976 donasi filial tomonidan foydalanish uchun berilgan. Aholining shaxsiy gaz ballonlari esa 108 ming 501 tadan iborat. 2022 yil boshidan hozirga qadar 900 dona maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlandi.

– Aholi xonadonlariga bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun 86 dona, ya’ni, 73 dona “Isuzu”, 2 dona “Chakman”, 1 dona yo‘ltanlamas “Kamaz”, 7 dona boshqa rusumli avtotransportlar jalb qilingan bo‘lib, barcha avtotransportlar 9 ming 220 dona aylanma gaz ballonlari va 86 dona nazorat tarozilari bilan ta’minlangan, – deydi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori o‘rinbosari Ibrohim Mamadjonov.

 – 2021-2022 yillarda filialdagi mavjud maishiy gaz ballonlarning harakatini nazorat qilish uchun 560 269 dona maishiy gaz ballonlarga maxsus bar-kodli yorliq (stiker)lar biriktirildi. bugungi kunda 418 ming 127 dona ID-karta iste’molchilarga tarqatilib, suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish va hisobini yuritish to‘liq “E-GAZ” dasturi orqali amalga oshirilmoqda. Raqamlashtirish ishlari natijasida suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi to‘liq elektron (onlayn) nazoratga o‘tkazildi. Bu esa ta’minotchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi shaffof tizim yaratilishiga xizmat qildi. 

Bir so‘z bilan aytganda, har bir soha xodimlari bugun aholi ehtiyojlarini qondirish, xalq roziligini ta’minlash va ularning turmush sharoiyatlarini yaxshilash yo‘lida beminnat xizmat qilmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, 
O‘zA