Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvtushar tabiat shaydolarini chorlaydi
07:57 / 2023-07-05

FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo vohasida chin ma’noda betakror va so‘lim go‘shalar bisyor.  Shahrisabz tumanidagi noyob tabiati bilan mashhur Suvtushar sharsharasi shunday manzillardan biri. U mamlakatimizdagi eng uzun va sersuv sharshara hisoblanadi.  

Ushbu maskanda BMT Taraqqiyot dasturining “Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog‘li hududlarda o‘rmonlardan va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va boshqarish”  loyihasi doirasida o‘tgan yili ekoturistik infratuzilmani yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy uslubdagi 5 ta besedka, bitta axborot markazi, beshta ko‘prik, 480 metr yo‘lakcha, 153 ta quyosh batareyasi yordami ishlaydigan yoritgichlar, 5260 metr chegara to‘siqlari,  nazorat posti va kuzatish paviloni, o‘tovlar uchun joylar barpo etildi.  

[gallery-12596]

Sharshara “Hisor” davlat qo‘riqxonasi Miraki bo‘limining Suvtushar soyi boshlanish qismida, dengiz sathidan 2 ming 100 metr balandlikda joylashgan. Sharsharaning balandligi 84 metr bo‘lib, katta qoya toshlar va archazorlar orasida joylashgani bilan tabiat shaydolarini o‘ziga maftun etadi. Sharsharadan har soniyada 5-6 kub metr suv otilib tushadi. Shu jarayonda hosil bo‘lgan zarrachalar yozning jaziramasida ham yon-atrofning salqin va mo‘’tadil bo‘lishini ta’minlaydi. Bu go‘zal manzarani tomosha qilish maqsadida ayni kunlarda yurtimizning turli hududlaridan minglab sayyohlar tashrif buyurmoqda.  

 

Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA