French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvning har tomchisini asrash - dolzarb
16:48 / 2025-07-11

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahrida Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “Suvchi” jamoat birlashmasi hamda Kichik va o‘rta korxonalar uyushmalarining Yevropa konfederatsiyasi (CEA-PME) hamkorligida «Engage H2O: Davlat-xususiy muloqotlari orqali O‘zbekistonda «Yashil kun tartibini» rivojlantirish» granti asosida seminar-trening o‘tkazildi.

[gallery-24272]

Tadbirda mahalliy hokimiyat vakillari, manfaatdor tashkilotlar mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari, viloyat irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari vakillari ishtirok etdi. 

Seminarda global isish oqibatlari, Markaziy Osiyo hududidagi transchegaraviy daryolarning suvlarini taqsimlash to‘g‘risidagi mintaqaviy hujjatlar, gidrogel granulalaridan foydalanib va past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyalari haqida ma’lumot berildi. Mintaqada suv resurslarining kamayishi va ushbu jarayonga qishloq xo‘jaligini hamda aholini moslashtirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar “Beshalish” suv taqsimlash inshooti faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur inshoot Quva, Qo‘shtepa, Oltiariq va Toshloq tumanlari hamda Quvasoy shahridagi 30 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlarini obi hayot bilan ta’minlab keladi. 

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA