Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvni hisobga olish qurilmalariga shikast yetkazganlik uchun qanday jazo chorasi belgilangan?
15:01 / 2023-11-28

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi qonunning 52-moddasiga asosan qoplanadi.

Ya’ni, bunda mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan foydalanish qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etmaganlik, shu jumladan ushbu tarmoqlarga, inshootlarga shikast yetkazganlik, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishga monelik qilganlik, suv ob’ektlarini ifloslantirganlik natijasida yetkazilgan zararning o‘rni aybdor shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplanishi lozim. 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasiga asosan umumiy foydalanishdagi vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish o‘g‘rilik sanaladi. 

Shuningdek, umumiy foydalanishdagi vodoprovod tarmoqlariga suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Bugungi kunga qadar ikkita holatda fuqarolarga nisbatan ayni yo‘nalishda jinoiy ish ochilib, 3 va 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish choralari ko‘rildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA