Suvga sakrash: o‘zbekistonlik sportchilar Kanadada jahon kubogi bosqichida qatnashmoqda
Shu kunlarda Kanadaning Vindzor shahrida suvga sakrash bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Dunyoning eng kuchli sportchilari ishtirokida o‘tayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Kecha nufuzli musobaqaning 3 metrlik tramplindan sakrash dasturining saralash bahslarida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zosi Vyacheslav Kachanov 367,75 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va 30 nafardan ortiq ishtirokchi orasida 15-pog‘onani egalladi.
Bugun, 11 aprel kuni jahon kubogi bosqichining navbatdagi dasturida 10 metr tramplindan sakrash bo‘yicha saralash musobaqalari tashkil etiladi. Unda terma jamoamizning yana bir a’zosi Igor Myalin startga chiqadi.
Musobaqalar 13 aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA