Hukumat qarori bilan Suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, suvdan foydalanish va suv iste’molida cuv resurslarining hisobini yuritishning shaffof tizimi joriy etiladi.
Nizom bilan suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiladi, shuningdek sohada monitoring yuritiladi.
Suvdan barcha maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv iste’molchilari suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi.
Suv olish joylari “onlayn” rejimda ishlaydigan raqamli qurilmalar bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi va ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha dasturiy ta’minlanadi.
Ushbu nizom 2021 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.
Ma’lumot uchun: Nizom qoidalari kommunal suv ta’minoti tizimidan suv oluvchi suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.