Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvda cho‘kish va yong‘inlarning asosiy sabablari nimada?
17:29 / 2023-05-19

AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, attraksionlar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Davron Qambarovning ma’lum qilishicha, cho‘milish havzalarida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha 1000dan ortiq ogohlantiruvchi shartli belgilar o‘rnatilib, 32 ta kuzatuv minorasi tashkil qilingan. Suvda cho‘kish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar asosan fuqarolarning ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milishlari yoki ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketishlari bilan bog‘liqdir.    

Yong‘inlarning oldini olish borasida o‘tgan to‘rt oy davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat yong‘in nazorati organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik ishlar natijasida respublikamizda 6 ming 197 ta bino va inshootlarda yong‘in kelib chiqish xavfining oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtidagi tezkor harakatlar natijasida 14 nafar inson qutqarilgan, 37 bosh uy hayvoni, 25 xil texnika, 154 milliard so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 38 milliard so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlab qolingan.    

Yong‘inlarning 35,5 foizi elektr uskunalarining  buzilishi, 23,3 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bo‘lish sababli, 22,8 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri qo‘llanishda, 7,2 foizi bolalarning sho‘xligi va 3,7 foizi transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida  sodir bo‘lgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, aksariyat hollarda aholi yashash joylaridagi yong‘inlar maishiy konditsioner va muzlatkichlardan hamda tozalanmagan quruq o‘tlarning yonishidan kelib chiqayotgani ma’lum bo‘lmoqda.    

M.Komilova, O‘zA