Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suvchilar “Yashil makon” loyihasida faol qatnashmoqda
12:58 / 2024-04-02

“Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi Sirdaryo vohasida ham avj pallaga kirdi.

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining barcha tizimlarida ko‘chat ekish ishlariga kirishildi. Sirdaryolik suvchilar boshqarma tizimlariga qarashli kanallar, zovurlar bo‘ylariga, ularning muhofaza maydonlariga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazmoqda. 

– Suvchilarimiz kuniga belgilangan joylarga 18-20 ming dona nihol ekib, ko‘chat ekish ishlarini bir zum ham susaytirgani yo‘q. Bahorgi mavsum boshlangan kundan shu paytgacha 160 mingdan ziyod manzarali va mevali ko‘chat o‘tqazildi. Ko‘chat ekish ishlarida Mirzaobod, Sayxunobod, Xovos tumani suvchilari peshqadamlik qilmoqda. Aprel oyining 10 sanasiga qadar belgilangan reja asosida ekish ishlarini yakunlashni maqsad qilganmiz, – deydi Quyi Sirdaryo ITHB boshlig‘i o‘rinbosari Obidjon Ahmadqulov. Ko‘chatlarni muhofaza qilib, uning to‘liq o‘sib ketishi uchun joylardagi mahallalarning ko‘ngilli yoshlari biriktirilmoqda. 

– Mahallamiz hududidan o‘tgan “Sho‘ro‘zak” kanalining betonlashtirilishi, uning bo‘ylariga manzarali ko‘chatlarning o‘tqazilishi kelgusida mahallamizning yanada obod va xushmanzara hududga aylanishiga zamin yaratadi, – deydi mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator Berdimurod Alimqulov. – Yana bir muhim jihati, suvchilarning  ko‘chat ekish ishlaridagi faolligi mahalla yoshlariga ham ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.  

Shuhrat Suyarov,

O‘zA muxbiri