Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv yetkazib berish muassasasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
14:01 / 2025-12-25

Yangi yil bayrami arafasida Jalaquduq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining kapital ta’mirlangan ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.

Jalaquduq tumani hokimi Hikmatullo Latipov, “Norin–Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Iqboljon Tohirov, suv xo‘jaligi tizimi faxriylari, viloyatdagi suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan yangi bino ochilish marosimida mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror suv bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– So‘nggi yillarda mamlakatimizda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini  bermoqda, – deydi “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhratjon Ergashev. – Xususan, suv resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish, suvtejamkor texnologiyalarni joriy etish bilan bir qatorda, sohadagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu albatta, tizimdagi ishlar samaradorligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarmoqda. 

Ishga tushgan yangi bino suv xo‘jaligi tizimi faoliyatini yaxshilashga, aholi va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta’mirtalab holatga kelib qolgan mazkur bino Jalaquduq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining ichki imkoniyatlardan foydalangan holda to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Yangi jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali ish olib borishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi. 

[gallery-26895]

Jumladan, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida muassasa 2 ta ekskavator, 4 ta motoroller, 20 ta velosiped hamda zamonaviy suv o‘lchash asboblari bilan ta’minlandi. Bu esa suv xo‘jaligi ob’ektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Tadbir davomida Jalaquduq tumanida suv xo‘jaligi sohasida 2026 yilda amalga oshiriladigan muhim vazifalar ham belgilab olindi. 

Tadbir suv xo‘jaligi xodimlari uchun tashkil etilgan “Bayram dasturi” bilan davom etdi. Unda yil davomida fidokorona mehnat qilib, hamkasblariga namuna bo‘lgan bir guruh tuman suv xo‘jaligi xodimlariga “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tuman hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari