French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv xo‘jaligi sohasida samarali hamkorlik qanday natijalar beradi?
13:42 / 2025-11-28

Suv xo‘jaligi sohasi har bir mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan oqilona foydalanish nafaqat qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari, balki aholining hayot darajasi va ekologik barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatadi.

Ayni talablar asosida davlat organlari, ilmiy muassasalar va xususiy sektor o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali suv omborlari va irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suvni qayta ishlash va saqlash infratuzilmasini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev AQSHning “Flowserve” kompaniyasining Yevropadagi rivojlanish direktori Bart Slik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda aynan shu masalalarga e’tibor qaratildi.

Unda tomonlar qo‘shma loyihalar ijrosini ko‘rib chiqdi. Ta’kidlanganidek, joriy yilning noyabr oyida Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda “Flowserve” va uning mahalliy hamkori “Dynatec” kompaniyalari o‘rtasida suv xo‘jaligi nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish hamda energiya tejamkor infratuzilmani rivojlantirish sohasida potensial hamkorlikni o‘rganish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

 “Flowserve” va “Dynatec” kompaniyalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi nasos stansiyalariga qiziqish bildirilgan. Shu sababli, mazkur hujjatga asosan kompaniyalar vakillari joriy yilning 24-26 noyabr kunlari Buxoro va Qoraqalpog‘istondagi bir qator nasos stansiyalarida o‘rganish ishlarini olib bordi. 

Mazkur natijalardan kelib chiqib, uchrashuv yakunida ikki tomon hamkorlik va kelgusi ishlarni belgilab oldi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA