French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv xo‘jaligi sohasi xodimlari munosib rag‘batlantirildi
09:43 / 2025-12-10

Suv xo‘jaligi sohasi mamlakatimizda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uning rivoji fidoyi mutaxassislarning mehnati va mas’uliyatli xizmati bilan ham uzviy bog‘liq.

Bosh qomusimiz qabul qilinganining 33 yilligi hamda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimiz suv xo‘jaligi sohasiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh ana shunday fidoyi mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev har bir xodimning samarali mehnati va sohaga qo‘shgan hissasi suv xo‘jaligi tizimining barqarorligi va rivojida beqiyos ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Konstitutsiyamizda ko‘rsatib o‘tilganidek, mamlakatimizda qonuniylik va adolatni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti. Shuningdek, har bir sohada fidoyi mehnat qilayotgan mutaxassislarni e’tirof etish ham ustuvor vazifa sifatida ko‘rilmoqda. Suv xo‘jaligi sohasi xodimlarini e’zozlash nafaqat shaxsiy mehnatni qadrlash, balki butun jamoa mehnati va sohaning rivojiga qaratilgan e’tiborning yaqqol ifodasidir.

– Suv xo‘jaligi sohasi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy barqarorlikda muhim ahamiyatga ega. Shu sohada mehnat qilayotgan xodimlarni qadrlash nafaqat ularning xizmatlariga berilgan munosib baho, balki kelgusida yanada samarali natijalarga erishishda turtki bo‘ladi. Shu sababli, kamtarona mehnatlarimiz vazirligimiz tomonidan yuqori baholanganidan benihoya xursand bo‘ldik. Bu mukofot nafaqat menga, balki barcha jamoadoshlarimga berilgan ishonch belgisidir. Yangi yil arafasida topshirilgan bu mukofot biz uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi va yanada g‘ayrat bilan ishlashga ruhlantirdi, –dedi “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Rustam Rahimov.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA