Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv xo‘jaligi ob’ektlarining atrofi yashil maydonlarga aylanmoqda
12:56 / 2025-11-12

Sirdaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida suv xo‘jaligi ob’ektlari atrofida mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari keng ko‘lamda ekilib, hududlarning ko‘rinishi obodonlashtirilmoqda. Joriy yilning 8 noyabridan boshlab, viloyatda ko‘chat ekish bo‘yicha “dolzarb bir oylik” e’lon qilindi.

Hududlarda tashkil etilgan hasharlar orqali kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylab 2,5 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ko‘chat ekish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari ishtirokida hududiy shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda kundalik monitoring tizimi ishga tushirildi.

– Eng asosiysi, bu ishlar izchil suratlarda davom etyapti. “Yashil makon” nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan har bir ko‘chatning sug‘orish manbai, turiga mos yer sharoiti va parvarish tizimi hisobga olingan holda ishlar amalga oshirilmoqda, – dedi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimi havza boshqarmasining boshlig‘i Nurkamol Otaqulov.

Mazkur tashabbus yashil maydonlarni kengaytirish, aholining tabiatga e’tiborini oshirish va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi. Loyiha doirasidagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA