Suv, tuproq va qonda to‘planayotgan TFA: olimlar xavotirda
“Nature” jurnalining yozishicha, tadqiqotchilar yog‘ingarchilikda triftorsirka kislotasi (TFA) konsentratsiyasi ortganini qayd etgan.
– Yomg‘ir yoki qor yoqqanda u bilan birga triftorsirka kislotasi deb ataladigan antropogen modda ham tushadi. U butun dunyo bo‘ylab ko‘l va daryolarda, don ekinlari va hayvonlar jigarida, shuningdek, inson qonida ham uchraydi, -deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, TFA atrof-muhitga sanoat ishlab chiqarishi, sovutgichdan oqib chiqadigan moddalar yoki ayrim pestitsidlarning parchalanishi orqali kiradi. Shu bilan birga, modda tabiiy ravishda parchalanmaydi, tuproqda, suvda va tirik organizmlarda to‘planadi.
Olimlar kislotaning xavflilik darajasi haqida bahslashishda davom etmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi tadqiqotlar uning atrof-muhit va reproduktiv salomatlikka potensial ta’sirini aniqlashga yordam beradi.
S.Rahimov, O‘zA