Suv toshqinlari tufayli KXDR yadro sinovini keyinga qoldirishi mumkin
KXDR yozda yoqqan kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari sababli yadro sinovini keyinga qoldirishi mumkin. Chunki suv toshqinlari Pxungeri poligoniga ma’lum miqdorda ziyon keltirgan, deyiladi AQSHning Beyond Parallel tahlil markazi tarqatgan hisobotda.
24 avgustdan keyin sun’iy yo‘ldosh orqali olingan rasmlar tahliliga tayanib, Beyond Parallel yomg‘irlar Pxungeri poligonidan foydalanishni cheklab qo‘yganiga "ma’lum miqdorda dalil bor”ligini ma’lum qilgan. Masalan, rasmda poligonning to‘rtinchi tonnelida yomg‘irdan ziyon ko‘rilgani bilinib turibdi. Bu ob’ektga eltuvchi yagona yerosti yo‘lini vaqtinchalik to‘sib qo‘ygan.