Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv tejovchi texnologiyalar samaradorlik garovidir
18:17 / 2025-11-12

Shu kunlarda Oqqo‘rg‘on hamda Toshkent tumanlarida suv tejovchi texnologiyalardan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent tumanidagi G‘ulommahmud hududida joylashgan “ECO Drip” MCHJ yer maydonida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. 

Unda Suv xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi vakillari, fermerlar hamda suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari, tomchilatib sug‘orish tizimlari, yer maydonlarini lazer uskunasi orqali tekislash usullari haqida amaliy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “ECO Drip” MCHJ tomonidan foydalanilayotgan zamonaviy sug‘orish uskunalari namoyish etildi. 

– E’tiborlisi, bu kabi chora-tadbirlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotilishini kamaytirish, yer unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi. O‘zaro muloqotlarda mutaxassislarimiz hudud dehqon-fermerlariga zarur tavsiyalarni bermoqda. Ishonamanki, kelgusida bu borada kutilgan natijalarga erishamiz, – deydi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Qurbonov.

Tadbir yakunida ishtirokchilar suv xo‘jaligi infratuzilmasini takomillashtirish va fermer xo‘jaliklarida suv tejovchi tizimlarni amaliyotga keng tatbiq etish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi. 

A.Musayev, O‘zA.