French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv tejovchi texnologiyalar: imtiyoz ortida yaxshi daromad
11:42 / 2022-07-21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Sharof Rashidov tumaniga press-tur tashkil etildi.

Dastlab ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi sohasida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar, hayotga tatbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalarning ahamiyati va uning afzalliklari, Inspeksiya tomonidan suv va suv resurslaridan maqsadli foydalanish yuzasidan o‘rnatilgan nazorat to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mutaxassislar yaqin 15 yil ichida dunyo bo‘yicha suv resurslari tanqisligi 40 foizga yetishi mumkinligini aytmoqda. Bu muammo sabab tug‘ilishi mumkin bo‘lgan katta xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizdagi kabi Jizzax viloyatida ham tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali suvdan maqsadli foydalanish choralari ko‘rilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni jadallashtirishda dasturilamal bo‘lmoqda. Hujjatda subsidiya mablag‘lari suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari kamida besh yil ishlatilishi sharti bilan ajratilishi, shuning barobarida, 2021 yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilganligi uchun davlat byudjetidan subsidiya mablag‘larini olgan, biroq joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini sug‘orish mavsumida ishlatishga ulgurmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari mazkur tizimni 2022 yil sug‘orish mavsumiga qadar ishga tushirmagan taqdirda olingan subsidiya mablag‘larini belgilangan tartibda davlat byudjetiga qaytarilishi belgilab qo‘yilgan.

[gallery-7982]

“O‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyat boshqarmasi, tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilib, bu borada o‘rganishlar olib borilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2021 yilda 12 ming 620 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinib, 405 talabgorga subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Inspeksiya tomonidan ushbu yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan talabgorlarga texnologiyalarni 2022 yilgi sug‘orish mavsumida ishga tushirmagan taqdirda, subsidiya mablag‘larini belgilangan tartibda davlat byudjetiga qaytarilishi yuzasidan 60 ta ogohlantiruv xati kiritilgan.

Sharof Rashidov tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2019 yildan 2022 yilga qadar tumandagi mavjud 9 ming 300 gektar paxta maydonlarining 4 ming 889 gektari yoki 52,5 foiz maydonlariga suv tejamkor texnologiyalar o‘rnatildi.

Ayni vegetatsiya davriga kelib tumanning 5 ming gektar paxta maydonida ushbu usuldan keng foydalanilmoqda.

Oddiy usulda 1 gektar paxta maydoniga 900 ming metr kub  suv sarflanadigan bo‘lsa, ushbu texnologiya joriy etilgach, suv sarfi 400 ming metr kub, ya’ni 60 foiz tejalishiga erishiladi.

Mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda gektariga o‘rtacha 600 kilogramm sarflansa, ushbu texnologiya 250-300 kilogramm yoki 50 foizgacha mineral o‘g‘itni iqtisod qilishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, ishchi kuchi, texnika sarf-xarajatlari ham foydalanish ham sezilarli darajada qisqaradi.

Press-tur davomida ma’lum qilinishicha, kamchiliklarni bartaraf etish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida suv iste’molchilariga 113 ta ogohlantiruv xati berilgan. Huquqiy baho berish uchun 5 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA