Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi
19:39 / 2022-07-31

To‘rtko‘l tumanidagi “Chorvador” fermer xo‘jaligi dalasida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish va bu borada yaratilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilishicha, tadbirda tumanlardagi irrigatsiya bo‘limi rahbarlari va mas’ul xodimlari, klaster va fermer xo‘jaligi, qurilish tashkiloti rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish borasidagi olib borilayotgan islohotlari natijasida hududlarda yuqori natijalarga erishilmoqda.

Prezidentning joriy yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, To‘rtko‘l tumanida 26 ta fermer xo‘jaligining 871 gektar yer maydonida tomchilatib sug‘orish uskunalari ishga tushirildi. Shuningdek, 18 ta fermer xo‘jaligining 213 gektar yer g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi va bu ishlar kuzgi mavsumda ham davom etadi.

“Chorvador” fermer xo‘jaligi rahbari Ismoil Serjanovning ta’kidlashicha, tejamkor texnologiyani qo‘llab, hosildorlikni 40-45 sentnerga yetkazish niyatida. Shu bilan birga joriy mavsumda g‘alla maydonlariga ham yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Subsidiyalar miqdorining oshirilgani va ko‘plab imtiyozlar yaratilayotgani fermerlarni bu tejamkor texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.

Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda suv xo‘jaligi mas’ullari jurnalistlarga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha joriy mavsumda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida dala sharoitida ko‘rgazmali vositalar orqali ma’lumotlar berdi.

[gallery-8088]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA