Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
11:46 / 2025-12-16

Kegeyli tumani “Juzimbog‘” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Bekzod-Azat” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminar davomida qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy sug‘orish usullarini, jumladan, elektr energiyasiz, quyosh panellari orqali ishlaydigan “KAVSAR” tizimi texnologiyalarini amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.  

Ishtirokchilarga ushbu texnologiyalarning afzalligi, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdagi o‘rni va iqtisodiy jihatdan samaradorligi bo‘yicha tushuntirish berildi.

Tadbir davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq va qat’iy topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi alohida nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdi.

Shu mavzudagi seminar Xo‘jayli tumanida “Shukurullayeva To‘lg‘anoy” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib o‘tdi. Unda Xo‘jayli, Taxiatosh, Shumanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari hokimlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri