Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv taqchilligi suvdan foydalanish samaradorligini oshirishni talab etmoqda
10:11 / 2021-12-03

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoning 1 milliarddan ko‘proq aholisi uchun toza ichimlik suv dolzarb muammodir. Butunjahon Suv kengashining ma’lum qilishicha, 2050 yilga borib sayyoramiz aholisining uchdan ikki qismi chuchuk suv tanqisligi muammosiga duchor bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, suv manbalaridan oqilona foydalanish, bu borada huquqiy asosni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Mamlakatimizda suv xo‘jaligi sohasini isloh qilish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida mutasaddilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevning ta’kidlashicha, 2019–2021 yillarda sohani isloh qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 3 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori qabul qilingan.

Qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida sohada suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik va suv xo‘jaligi ob’ektlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Tobora kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib borayotgani qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni talab etmoqda.

Qayd etilishicha, xududlarda 741,8 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar, jumladan, 266,2 ming gektar maydonda tomchilatib, 204 ming gektar egiluvchan quvur orqali sug‘orish, 10,6 ming gektar diskret sug‘orish, 13,4 ming gektar maydonda yomg‘irlatib va 61,7 ming gektar egatka plyonka to‘shab sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi va 185,8 ming gektar maydon lazer uskunalar bilan tekislandi. Shundan, joriy yilning o‘zida 490,1 ming gektarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga erishildi. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan aksariyat maydonlarda 35–40 foizgacha suv resurslari iqtisod qilindi.

Irrigatsiya-melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga 2 782,6 km kanallar, 554,6 km lotok tarmoqlari, umumiy suv chiqarish qobiliyati 62,8 m³/sek bo‘lgan nasos stansiyalar, 546 ta tik sug‘orish quduqlari, 5 148,0 km kollektor-drenaj tarmoqlari, 379 ta vertikal drenaj quduqlari va boshqa suv xo‘jaligi ob’ektlari qurildi. Natijada irrigatsiya-melioratsiya  tizimi tarmoqlarining texnik holati, 1,43 million gektar sug‘oriladigan va 1,22 million gektar maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi.

Shuningdek, suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilishga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga erishildi va 6 ta loyiha doirasida jami 521,5 millioni AQSH dollari kredit o‘zlashtirildi. Bunda 373,9 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.

Sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, suv xo‘jaligi ob’ektlarida 4 ming 966 ta zamonaviy raqamli texnologiyalar, jumladan, 2 ming 908 ta “Aqlli suv”, 1 ming 727 ta meliorativ kuzatuv quduqlarida yer osti sizot suvlari ko‘rsatkichlarini va 306 ta nasos stansiyalarida suv miqdorini onlayn monitoring qilish qurilmalari o‘rnatildi va 25 ta yirik ob’ektlar avtomatlashtirildi.

Natijada suv resurslarini boshqarish, suvning hisobini onlayn yuritish imkoniyati yaratilib, ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va monitoring qilish imkonini beruvchi 5 ta moduldan iborat “Vaziyatlar markazi” axborot tizimi ishga tushirildi.

maftuna karimova, [03.12.2021 10:12]
2020 yildan boshlab suv xo‘jaligi ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish tizimi joriy etildi. 2020-2021 yillarda suv xo‘jaligi tizimidagi 67 ta nasos stansiya, 43 ta quduq, 214,1 km irrigatsiya va 512,7 km kollektor tarmoqlari boshqaruvini xususiy sherikka berish yuzasidan umumiy qiymati 1 162,3 milliard so‘m bo‘lgan 96 ta davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolandi.

Ushbu loyihalar doirasida xususiy sheriklar tomonidan dastlabki 3 yilda 123,3 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritilishi hisobiga ob’ektlar modernizatsiya qilinadi va 141 milliard so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, irrigatsiya tadbirlari hisobiga 7,5 milliard. m³ suv tejalishiga erishildi.

Konsepsiya va strategiya bilan soha oldiga ulkan maqsadlar qo‘yilgan. Xususan, 2022–2026 yillarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 8 ta loyiha doirasida 363 km kanallar, 1 ming 366 ta gidrotexnika inshooti qurilishi hamda rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Natijada, loyihalar hududida 1,2 million gektar sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minoti yaxshilanadi. Kanallarning foydali ish koeffitsiyenti 15 foizga (0,65 dan 0,80 gacha) oshadi. Nasos stansiyalarda yiliga o‘rtacha 100 milliard  so‘m ekspluatatsiya va elektr energiya xarajatlari uchun byudjet mablag‘i iqtisod qilinadi.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston strategiyasi loyihasi doirasida 2022–2026 yillarda respublika bo‘yicha 1,5 million gektar maydonda, shundan 1,3 million  gektar maydonda tomchilatib va 200 ming gektar maydonda boshqa zamonaviy suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinib, sug‘oriladigan maydonlarning 34,8 foizi qamrab olinadi.

2017-2021 yillarda o‘z muddatini o‘tagan 741 ta nasos va 1 ming 141 ta elektrodvigatel energo tejamkoriga almashtirildi. Elektr energiya iste’moli 2020 yilda 7,2 milliard kVt.soatni tashkil etib, iste’mol o‘tgan yillarga nisbatan 1,1 milliard kVt.soatga tushirilishiga erishildi.

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA