Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv tanqisligi sharoitida samarali loyiha
16:18 / 2025-10-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida drenaj suvlaridan qayta foydalanish va artemiya yetishtirish bo‘yicha grant mablag‘i asosida innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturining “Iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi orqali Orolbo‘yi mintaqasida barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 49 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan “Borli oy” fermer xo‘jaligida AquaReuse tajriba maydoni tashkil etildi. Loyiha oziq-ovqat xavfsizligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, drenaj suvlarini qayta foydalanishning yopiq tizimini namoyish etadi.

Drenaj kanallaridan olingan suv baliq va artemiya yetishtirish uchun ishlatiladi. Keyin osmos tizimi (bu yuqori darajada suvni tozalash usuli bo‘lib, yarimo‘tkazuvchan membranadan foydalaniladi) orqali tozalanib, mevali bog‘lar va poliz ekinlarini sug‘orishga sarflanadi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri