Suv ta’minotini yaxshilash yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “2023-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJga 7 dona maxsus texnika topshirildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda hukumatimiz tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, bu borada vohada amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ijrosi doirasidagi loyihalar xususida to‘xtalib o‘tdi.
“Surxondaryo suv ta’minoti” AJga ajratilgan maxsus zamonaviy texnikalar yordamida tizimdagi mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish, faoliyat samaradorligini va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan.
[gallery-18665]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA