Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ta’minotida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
17:21 / 2026-02-11

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatida Rossiya Federatsiyasining “Abu plastik group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Jamiyat boshqaruvi raisi v.b. Ahmad Suvonqulov ishtirok etgan muloqotda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, oqova suv quvurlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va sozlash ishlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur jarayonlarni hududlarda o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shu maqsadda delegatsiya “Andijon suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatida ham bo‘ldi.

Kompaniya vakillari boshqaruv raisi o‘rinbosari v.b. Komilbek Yusupov hamrohligida mavjud infratuzilmaning holati bilan tanishdi. Shuningdek, “Abu plastik group” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashib, kelgusidagi rejalarni belgilab oldi.

Nilufar Bozorova, O‘zA