Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ta’minoti yaxshilanadi
15:27 / 2026-01-28

Prezidentimizning 2017 yil 17 oktyabrdagi tegishli farmoyishiga muvofiq Ohangaron tumanida “Toshtepa” suv ombori qurilishi loyihasi ishlab chiqilib, “UzGIP” MCHJ tomonidan tayyorlangan loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi 2019 yilda davlat ekspertizasidan ijobiy xulosa olingan.

Loyihaga ko‘ra, suv ombori hajmi 11,2 million kub metr, to‘g‘on uzunligi 636 metr, balandligi 46 metrgacha bo‘lib, umumiy qiymati 122,65 milliard so‘mni tashkil etadi. Mazkur loyiha ishga tushirilgandan so‘ng 4 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minoti yaxshilanadi. Xususan, hudud atrofidan yangi yerlarni o‘zlashtirish va asosan rezavor mevalar, sabzavot va ko‘katlarni yetishtirish bo‘yicha yangi rejalar ishlab chiqish, zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlan. 

Bu joylardagi tuproq va iqlim sharoitlari ekinlarning samarali o‘sishi uchun qulay bo‘lib, yil davomida hosil olish imkonini beradi. Shu bilan birga, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish uchun aniq mexanizmlar ishlab chiqiladi. Ayni paytda mazkur tashabbusni xitoylik investorlar amalga oshirishga kirishgan. 

Shu munosabati bilan yaqinda xorijlik investorlar bilan Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ul vakili,  Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbariyati hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. 

A.Musayev, O‘zA.