Suv ta’minoti tizimida xalqaro hamkorlik
Berlin shahridagi Germaniya iqtisodiyoti uyida joriy yilning 1 mart kuni birinchi Germaniya – O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Oripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Germaniya savdo-sanoat palatalari birlashmasi, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan forumda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov ham ishtirok etdi. Tadbirda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekiston – Germaniya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, “yashil” trasformatsiya, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda boshqa masalalarni muhokama qildilar.
N. Bozorova,
O‘zA