English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ta’minoti og‘ir mahallalar bosqichma-bosqich ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
15:28 / 2022-05-31

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan Prezidentimizning joriy yilning 24 maydagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda ushbu hujjatga asosan, respublikadagi ichimlik suvi ta’minoti og‘ir holatdagi 1 ming 545 mahalla (shundan 2022 yilda 140 ta) ichimlik suv bilan ta’minlanishi qayd etildi. Buning uchun mahalliy byudjetlardan jami 444,6 milliard so‘m, shu jumladan joriy yilda 106,3 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Mazkur ajratilgan mablag‘ga, 1 ming 691 ta maktab, 885 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 377 ta tibbiyot muassasalari ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. 

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilda jami 50 milliard so‘m, 2023 yildan har yili respublika va mahalliy byudjetlardan teng ulushlarda 50 milliard so‘mdan, jami 100 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. 

Matbuot anjumanida 2022–2024 yillarda respublika bo‘yicha 2 ming 660 ta mahallada ichimlik suvi tarmoqlari uy xo‘jaligigacha yetkazilishi qayd etildi. Buning uchun “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 180 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. 

Shuningdek, qarorga ko‘ra avvalgi yillarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan yoki foydalanishga topshirilmagan ichimlik va oqova suv ob’ektlari (17 ta) to‘liq foydalanishga topshiriladi. 

Matbuot anjumanida 2023 yil 1 yanvaridan aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “O‘zsuvta’minot” AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi qayd etildi. 

Shu bilan birga respublika hududiga texnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qo‘shimcha vositalarini olib kirish hamda o‘rnatish taqiqlanishi qayd etildi. 

Ichimlik suvi ta’minoti ob’ektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (o‘lchov uskunalari o‘rnatilib, ichimlik suv uy xo‘jaligigacha yetkazilgan taqdirda) aholining ixtiyoriga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlari orqali yoki “O‘zsuvta’minot” AJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga va o‘lchov uskunalarini tamg‘alashga ruxsat beriladi. 

2023 yil 1 yanvaridan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi. 

Matbuot anjumanida “O‘zsuvta’minot” AJ qoshida Sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish hamda o‘rnatish bo‘yicha metrologiya xizmatini va uning hududiy filiallari tashkil etilishi qayd etildi. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA