Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ta’minoti nazoratchisi qo‘lga tushdi
12:00 / 2024-01-26

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda kommunal sohasidagi qing‘irlik fosh etildi.

“Samarqand suv ta’minoti” MCHJ nazoratchisi vazifasida ishlovchi, 1979 yilda tug‘ilgan M.A.(ism-familiyasi shartli) Samarqand shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biridagi suv iste’molida aniqlangan kamchilik uchun 100 million so‘m miqdorida jarima tayinlamaslik evaziga korxona xodimlaridan pul mablag‘i talab qilib, 800 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozir ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari oli borilmoqda.

G‘.Hasanov,

O‘zA muxbiri